Ushbu saytni yaratishdan maqsadim Ushbu saytni yaratishimdan asosiy maqsad — o‘z auditoriyam bilan yanada yaqinroq bo‘lish va ularga o‘zimni yaxshiroq tanishtirishdir. Bu yerda siz men haqimda to‘liqroq ma’lumot olishingiz mumkin 🙂 Shunday qilib, boshladik! Men Xakimov Muhammaddiyorman. Internetda va ijtimoiy tarmoqlarda Khakimov taxallusi bilan tanilganman. Instagram’dagi nikim — @mee_khak1mov. Men 2011-yil 10-aprelda tug‘ilganman, hozirda 14 yoshdaman. Asosiy maqsadim — kelajakda kuchli dasturchi bo‘lish yoki kiberxavfsizlik yo‘nalishida yetakchi mutaxassislar qatoridan joy olish.
Qanday qilib bu kasbga qiziqdim? Texnologiyaga bo‘lgan qiziqishim 6 yoshimdan boshlangan. O‘sha paytda dadam stol kompyuter olib berganlar va vaqt o‘tishi bilan undan ko‘proq men foydalana boshladim. Kompyuterdagi Call of Duty: World War II hamda Need for Speed Underground 2 kabi o‘yinlar orqali texnologiya va kompyuterga qiziqishim yanada ortdi. 7 yoshimda printerdan hujjat chiqarishni va stol kompyuterni yig‘ishni o‘rgandim. O‘yinlar qiziqarli bo‘lsa-da, vaqt o‘tib bir xil o‘yinlar zerikarli bo‘lib qoldi va 8–9 yoshlarimda telefonlar hamda internet orqali texnologiyalarni chuqurroq o‘rganishga kirishdim. Counter va Minecraft kabi o‘yinlar bilan shug‘ullanganman. Shu bilan birga, ta’limga ham jiddiy e’tibor berganman va maktabda ko‘plab sertifikatlarga ega bo‘lganman. Dasturlashga bo‘lgan haqiqiy qiziqishim esa dadam meni xususiy maktabga berganlaridan so‘ng boshlandi. U yerda dasturlash darslari mavjud edi va aynan shu muhit mening yo‘nalishimni aniq belgilab berdi. Dastlab qurilmam bo‘lmagan bo‘lsa-da, 10-aprel kuni dadam menga shaxsiy kompyuter olib berdilar. Bu jarayonda onajonimning doimiy qo‘llab-quvvatlashi muhim rol o‘ynadi. Aynan shu ishonch va qo‘llab-quvvatlash bugungi kunda dasturlash va IT sohasida rivojlanishimga mustahkam poydevor bo‘ldi.
Qisqasi 7-sinifmda phython,javascript kabi dasturlash tillarini o'rgandim lekin to'liq emas.2025-yil yozgi ta'tilda 3oy davomida Front-end darslarini "Geeks Andijan O'quv markazi"da o'rgandim. Eng esda qolarli tasurotlar shu yerda edi.Ustozlarimiz bilan Dasturchilar ortasida bo'lgan meetingda qatnashdim bu esa menga yanada tajriba oshishiga yordam berdi.Html,Css darajalarimni shu yerda oshirdim.
Bu yerda siz meni qanday sohalarda ko'proq ishlaganimni bilib olasiz.
Figma dasturida Namangandagi Athlon Group uchun Dizayn qilingan
40 dan ortiq Loyhalar Bititrilgan Rekord 2-kun ichida Yani (15 soatda edi)
Hozirda Kwork orqali Daromad qilish harakatidaman.